Yozyovonda Osiyo chempioni munosib kutib olindi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Xabaringiz bor, Tailandda yakuniga yetgan velosport va para velosport boʻyicha Osiyo chempionatida mamlakatimiz terma jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 1-oʻrinni egalladi. Bu gʻalabaga shohsupaning eng baland choʻqqisiga koʻtarilgan 3 nafar fargʻonalik sportchilar ham munosib hissa qoʻshishdi.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada Yozyovon tumanida istiqomat qiluvchi sportchi qiz Aziza Qosimova oʻz klass toifasida ikkita — yakkalik va juftlik yoʻnalishida oltin medallarni qoʻlga kiritib, Osiyo chempioni boʻldi.
Kuni kecha matonatli chempion qiz Aziza Qosimova Yozyovon tumani hokimligida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali kutib olindi. Yigʻilganlar Osiyo chempionini gʻalabasi bilan samimiy tabriklab, kelgusida jahon miqyosidagi musobaqalarda ham Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarishiga ishonch bildirdi.

— Ayni paytda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasiman, —deydi qitʼa chempioni Aziza Qosimova.—Erishayotgan yutuqlarimda Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, para sportchilar uchun koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar muhim omil boʻlmoqda.
Davlatimiz rahbari kecha 2028-yilgi Olimpiada va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish hamda yurtimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida yutuqlarimizni alohida eʼtirof etgani barchamizni behad mamnun etdi. Bunday eʼtibor va ragʻbat bizni yangi-yangi gʻalabalar sari ruhlantiraveradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring