Baxmalga ham “turizm tumani” maqomi beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Jizzax viloyatida infratuzilmani yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kelasi yil qariyb 10 trillion soʻm resurs berilishi eʼlon qilindi.
Ajratilayotgan mablagʻning 1 trillion 700 milliard soʻmi Sharof Rashidov tumaniga toʻgʻri keladi. Shuningdek, Sharof Rashidov tumanidagi 9 ta mahallaning infratuzilmasini yaxshilashga Jahon bankining 8 million dollar mablagʻi beriladi.
Tumanning Eski Toshkentlik, Saraylik, Yaxtanlik, Taraqqiyot mahallalarida 300 dan ortiq xonadon mebelchilik bilan shugʻullanadi. Ushbu 4 ta mahalla uchun eng qulay hududdan 3 gektar joyda mebelchilik markazi tashkil etilsa, tumanda mazkur soha sanoat darajasiga chiqadi. Natijada 1,5 ming odamning daromadi koʻpayadi.
Davlatimiz rahbari 250 mingdan ziyod aholi yashaydigan Sharof Rashidov tumanida birorta park yoʻqligiga eʼtibor qaratdi.
Shu bois, Yangi hayot mahallasida foydalanilmay turgan 10 gektar maydonda yashil bogʻ barpo qilish uchun 10 milliard soʻm ajratiladi.
Prezidentimiz yana bir nechta shunday imkoniyatlarni sanab, tuman hokimlariga ajratilayotgan mablagʻlardan unumli foydalanish va ularni oʻsish nuqtalariga yoʻnaltirishni topshirdi.
Viloyatning boshqa tumanlarida ham savdo va servisni rivojlantirish uchun imkoniyatlar koʻp.
Masalan, Baxmalga olib boradigan yoʻl taʼmirtalab boʻlgani uchun Zominga kelayotgan sayyohlar shu yerning oʻzidan qaytib ketyapti.
Ushbu tumanlardagi togʻ hududlari yagona turizm halqasiga birlashtirilsa, Zominga kelayotgan sayyohlarning kamida yarmini Baxmalga jalb qilish mumkinligi taʼkidlandi. Yuzlab servis obyekti ishga tushadi, minglab odam ishli boʻladi, turizm eksporti karrasiga oshadi.
Mutasaddilarga kelgusi yilda “Zomin – Baxmal – Gʻallaorol” yoʻlining 158 kilometr qismini taʼmirlashni boshlash topshirildi.
Baxmal tumanida 39 gektar maydonda 40 million dollar investitsiya hisobiga turizm klasterini tashkil qilish tashabbusi maʼqullandi.
Umuman, Baxmalga ham “turizm tumani” maqomi berilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring