Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari kelgusi yil uchun belgilab bergan vazifalarning beshinchi yoʻnalishi – ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
“Hamma eshitib olsin, bundan buyon daromad topish imkoniyati cheklangan va nogironligi bor shaxslar kambagʻallar reyestrida boʻlmaydi. Ularni qoʻllab-quvvatlashni davlat zimmasiga oladi”, dedi Prezidentimiz.
Yangi yildan “Teng imkon – inklyuziv bandlik” loyihasini joriy etib, nogironligi boʻlgan 40 ming odamni ishli qilish muhim ekani taʼkidlandi. Bandlik jamgʻarmasidan ularga 30 million soʻmgacha foizsiz ssuda ajratish yoʻlga qoʻyiladi.
Kambagʻallikka qayta tushish xavfi mavjud oilalarga ijtimoiy yordam va imtiyozlar saqlab qolinadi.
Ularga 6 oy mobaynida moddiy yordam va bolalar nafaqasi toʻlanishi davom ettiriladi, bogʻcha va toʻgarak xarajatini qoplash, davolanish orderi kabi 110 ta ijtimoiy xizmat va yordamdan 12 oy davomida qoʻshimcha foydalanish imkoni beriladi.
Bundan tashqari, ogʻir hayotiy vaziyat sababli kambagʻallikka tushib qolishi xavfi yuqori boʻlgan oilalarni oldindan aniqlab, ularga manzilli yordam koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.
Bu vazifalar ustidan nazorat hamda viloyat hokimlari bilan ijrosini tashkil qilish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring