“Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)

15:49 21 Noyabr 2025 Jamiyat
134 0

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Bugun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida taniqli fotorassom va “Maʼnaviy hayot” jurnali fotojurnalisti Sultonboy Dehqonovning “Adabiyot va hayot” nomli shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Sultonboy Dehqonov Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi koʻmagida yurt tarixiga, manzaralari va zamonaviy qahramonlariga bagʻishlangan 35 ta koʻchma fotokoʻrgazmani namoyish etgan. Uning milliy qadriyatlar, adabiyot va hayot falsafasi uygʻunlashgan suratlari tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirishi bilan ajralib turadi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

“Bu koʻrgazma — oʻn besh yillik mehnat mahsuli”

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Fotokoʻrgazma doirasida muallif ijodiy jarayon haqida fikr bildirdi.

— Adabiyotga mehrim oʻquvchilik davrimdan boshlangan. Oʻzbekiston badiiy akademiyasi qoshidagi fotosanʼat maktabida tahsil olgach, bu yoʻnalishda izlanishlarimni davom ettirdim. “Adabiyot va hayot” fotokoʻrgazmasi gʻoyasi birdan paydo boʻlmagan — u oʻn besh yillik kuzatish, ijodkorlar hayotini oʻrganish va ularni keng jamoatchilikka tanitish yoʻlidagi mehnatim natijasidir. Koʻrgazmada 30 dan ortiq suratlar namoyish etilmoqda. Kelgusida ushbu koʻrgazmani ijod maktablarida ham oʻtkazishni rejalashtirganman, chunki bu yosh ijodkorlar uchun katta maktab boʻla oladi, — deydi Dehqonov.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Tadbirda zamonaviy oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan ijodkorlarning hayoti, badiiy qiyofasi va ijod jarayoni fotohikoya tarzida tomoshabinlarga taqdim etildi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Muallif ijodi va eʼtiroflar

Sultonboy Dehqonovning fotoasar va maqolalari “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati«, «Sanʼat”, “Jamiyat”, “Maʼrifat”, “Ishonch”, “Maʼnaviy hayot” kabi nashrlarda muntazam eʼlon qilinib keladi. Shuningdek, YUNESKO qoshidagi “ICH Courier” jurnalida ham uning Oʻzbekiston madaniy hayotiga bagʻishlangan fotoasari chop etilgan.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Ijodkor bir qator mukofotlar bilan taqdirlangan:

  • 2021-yil — “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi” esdalik nishoni;
  • 2021-yil — “Yilning eng faol jurnalisti” respublika tanlovi gʻolibi;
  • 2024-yil — “Eng ulugʻ, eng aziz” respublika tanlovi birinchi oʻrin;
  • 2025-yil — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining “Oltin” medali.
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Muallifning “Badiiy fotografiyada yurt madhi” va “Ona mehri” nomli badiiy-publitsistik kitoblari ham nashr etilgan.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Maʼlumot uchun, “Adabiyot va hayot” fotokoʻrgazmasi 25-noyabrga qadar davom etadi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Mashhura Alimardon, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?