Jonobodda yangi korxona ish boshladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston tumanida tojikistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikda meva–sabzavot, dukkakli mahsulotlarni qayta ishlash hamda eksport qilishga moʻljallangan qoʻshma korxona foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda serquyosh yurtimiz bogʻlarida pishadigan sarxil meva va sabzavotlarga jahon bozorida talab yuqori ekanligi eʼtirof etildi. Oʻzbekiston tumani meva bogʻlari, poliz mahsulotlari yetishtirish bilan mashhur.

Tumandagi “Jonobod” mahalla fuqarolar yigʻinida ish boshlagan “Aroma Frust” MCHJ qoʻshma korxonasida yiliga 2,5 million dollar miqdorida tayyor mahsulotni eksport qilish imkoniyati yaratildi. Shu maqsadda Turkiyadan zamonaviy texnologiyalar olib kelib oʻrnatildi.
—Ayni paytda kuniga 3 tonnagacha mahsulot qayta ishlanib, oʻzaro kelishuv asosida Rossiya va Turkiyaga eksport qilishga kirishildi,—deydi korxona taʼsischisi, yosh tadbirkor Jamshidbek Shokirov. —Yaqin istiqbolda eksport geografiyasini yanada kengaytirish boʻyicha tojikistonlik hamkorlarimiz bilan biznes–reja tuzib olingan.

Hozirda 40 nafarga yaqin mahalladoshlarimiz ish bilan taʼminlandi. Loyihaning keyingi bosqichlarida faoliyat koʻlamini yanada kengaytirish orqali ish oʻrinlari sonini 100 tagacha yetkazishni maqsad qilganmiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring