Tailandda yarim asrdan keyin kunduzgi spirtli ichimlik savdosiga qoʻyilgan taqiqlar bekor qilindi

09:47 04 Dekabr 2025 Dunyo
114 0

Tailandda kunduz kuni spirtli ichimliklar sotishga qoʻyilgan cheklovlar bekor qilindi, deb xabar berdi Thai PBS World.

Bunday qaror turizm sohasi vakillari hamda bar egalari noroziligi ortidan qabul qilingan. Ularning fikricha, 1972-yildan beri amal qilib kelayotgan cheklovlar biznesga toʻsqinlik qilib, ayniqsa mavsumdan tashqari davrda daromadlarni kamaytirgan.

Endilikda tegishli litsenziyaga ega muassasalar spirtli ichimliklarni 11:00 dan 00:00 gacha, shu jumladan ilgari taqiqlangan 14:00–17:00 oraligʻida ham sotishi mumkin.

Shuningdek, restoran va bar mijozlari, agar ichimlikni 00:00 gacha xarid qilgan boʻlsa, uni muassasa ichida 01:00 gacha isteʼmol qilish huquqiga ega. 00:00 dan boshlab ommaviy joylarda spirtli ichimlik isteʼmol qilish taqiqlanadi, litsenziyaga ega muassasalarda esa 01:00 dan keyin ichish mumkin emas.

Cheklovlarning bekor qilinishi olti oylik sinov davri uchun joriy etildi. Bu muddat tugagach, hukumat oʻzgarishlarning taʼsirini baholab, keyingi choralarni belgilaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?