Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 22-noyabr kuni Dohada Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasining yosh va istiqbolli dizaynerlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan eʼtiborga molik tashabbuslaridan biri boʻlgan “Fashion Trust Arabia” (FTA) jamgʻarmasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida FTA platformasi faoliyati va loyihalar bilan yaqindan tanishilgan. Qayd etilishicha, turdosh tashabbuslar orasida “M7” madaniyat markazidagi mintaqa va uning madaniy merosiga bagʻishlangan “Threads of Impact” koʻrgazmasi alohida ajralib turadi.
“Dizaynerlarimizning qoʻl mehnati namunalari va betakror milliy liboslarini namoyish etuvchi «Woven Legacies: Uzbekistanʼs Living Heritage” koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston taqdim etilayotganidan xursandman”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, Rem Koolhaas va Samir Bantal rahbarligidagi “Countryside: A Place to Live, Not to Leave” (Qishloq: tark etish emas, yashash uchun makon) nomli koʻrgazmaga tashrif buyurilgan. Uning ekspozitsiyasida Oʻzbekistonning noyob ilmiy maskani — “Quyosh” institutiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Prezident administratsiyasi rahbari, shuningdek, Qatar poytaxtining diqqatga sazovor madaniy maskanlarida boʻlib oʻtayotgan kino festivalida ham mehmon boʻlgan.

Dohadagi kino festivali mustaqil va mualliflik kinosining eng muhim maydonlaridan biri boʻlib, oʻziga xos qarashlar va dadil badiiy pozitsiyaga ega boʻlgan rejissyorlarga oʻz fikrlarini bildirish imkonini beradi.
Festival dasturidan oʻnlab mamlakatlardan filmlar oʻrin olgan; yosh mualliflar va mahalliy kinoijodkorlarga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, ular uchun maxsus boʻlimlar va tanlov dasturlari tashkil etilgan.
“Zamonaviy kino — dolzarb kayfiyat va maʼnolarni aks ettirish, ayni paytda jamiyatimizni qanday mavzular tashvishga solayotganini tushunish usulidir”, deydi Mirziyoyeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring