“Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Kecha, 29-noyabr kuni Ispaniya La Ligasining 14-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda “Barselona” klubi oʻz maydonida “Alaves”ni qabul qildi.
Uchrashuvda hisob dastlabki daqiqadayoq mehmonlar tomonidan ochildi. Golga Pablo Ibanes mualliflik qildi.
Oradan 7 daqiqa oʻtib, hisobdagi muvozanat tiklandi. “Barselona”ning dastlabki goli Lamin Yamal hisobiga yozildi. 26-daqiqada Dani Olmo “koʻk-anorranglilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi boʻlim 2:1 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Dani Olmo dublga erishdi. Shu tariqa oʻyin Hans Flik boshqaruvidagi jamoaning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Ushbu muvaffaqiyat evaziga “kataloniyaliklar” La Liga turnir jadvalida birinchi oʻringa koʻtarilib oldi.
“Barselona” — “Alaves” 3:1
Gollar: Yamal (8), Olmo (26, 90+3) — Ibanes (1).
“Barselona” — Joan Garsiya, Erik Garsiya (Kunde, 46), Kubarsi (Kristiansen, 84), Jerar Martin, Balde, Kasado, Bernal (Reshford, 46), Olmo, Yamal, Levandovski (Torres, 60), Rafinya (Pedri, 60).
“Alaves” — Sivera, Otto, Tenalya, Pacheko, Parada (Martines, 80), Blanko, Kalebe (Visente, 59), Suares, Ibanes (Guridi, 68), Boye, Rebbach (Alenya, 58).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring