“U bitim tuzishni istayotgandek taassurot qoldirdi”. Tramp Putinning AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuvini “juda yaxshi” deb atadi
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQSH maxsus vakili Stiv Uitkoff va Amerika yetakchisining kuyovi Jared Kushner bilan uchrashuvini “juda yaxshi” deb baholadi. Bu haqda Trampning fikrlarini RBK keltirdi.
Uitkoff va Kushner Tramp hamda Ukraina rasmiylariga Putin bilan boʻlgan “batafsil va samarali uchrashuv” haqida xabar berishgan.
— Ularning fikricha, Putin urush tugashini xohlayotganga oʻxshaydi. Menimcha, u yanada normal hayotga qaytishni istaydi, — dedi Tramp.
AQSH prezidentining taʼkidlashicha, Putin mojaro davom ettirishdan koʻra, AQSH bilan savdo aloqalarini tiklashni xohlashi mumkin.
— Ularning juda kuchli taassuroti shuki, Putin bitim tuzishni istayotganga oʻxshaydi. Koʻramiz, natija qanday boʻladi, — deya qoʻshimcha qildi Tramp.
Eslatib oʻtamiz, Putinning AQSH delegatsiyasi bilan muzokaralari Kremlda oʻtgan. Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov uchrashuvni “juda foydali, konstruktiv va mazmunli” deb baholagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring