YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi
Rehina Mariya Kastijio Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida oʻz vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda vakolatxona matbuot xizmati maʼlum qildi.
Ushbu lavozimga tayinlanishdan avval Kastijio YUNISEFning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan.
2016-yilda YUNISEFda mehnat faoliyatini boshlashdan oldin Boliviya, Ekvador va Perudagi YUNEYDS (BMTning OIV /OITS boʻyicha qoʻshma dasturi) direktori, Shveysariyada YUNEYDS xususiy sektor bilan hamkorlik boʻlimi rahbari va BMT bosh kotibi Kofi Annan Ijroiya apparatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha masʼul xodimi boʻlgan.
Rehina Mariya Kastijio AQSHning Vashington shtatidagi Gʻarbiy Vashington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar boʻyicha tahsil olgan, AQSHning Indiana shtatidagi Notr-Dam universitetida davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar boʻyicha magistrlik darajasiga ega.
Rehina Mariya Kastijio ispan, ingliz va fransuz tillarida ravon soʻzlashadi. Oilali, ikki farzandi bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring