Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi

Eʼlon qilingan hibsga olinuvchilar qatorida Isroil mudofaa vaziri Israel Kas va xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ham bor.

13:23 08.11.2025
Oʻzbekiston Prezidenti global ijtimoiy adolatni mustahkamlash boʻyicha tashabbuslarni ilgari surdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni Doha shahrida oʻtayotgan Ijtimoiy rivojlanish boʻyicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etdi.

13:55 04.11.2025
Fargʻonada “Ayollar va bolalarni qoʻllab-quvvatlash markazi” ish boshladi

Fargʻona shahridagi “Mehrjon” nodavlat notijorat tashkiloti qoshida “Ayollar va bolalarni qoʻllab-quvvatlash markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Markazning ochilish marosimida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova, Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda jamoatchilik ishtirok etdi.

12:55 03.11.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ijtimoiy rivojlanish boʻyicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi

Davlatimiz rahbari Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 3-4-noyabr kunlari Ijtimoiy rivojlanish boʻyicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

19:36 02.11.2025
Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasi koʻrib chiqildi

Senatning oʻn birinchi yalpi majlisida “Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiyani (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

13:35 01.11.2025
Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh direktorini qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti uchrashuvda UNESCO bilan hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi.

16:05 30.10.2025
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi arafasida brifing oʻtkazildi

Bugun Samarqand shahrida BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻz ishini boshlaydi. Ushbu nufuzli xalqaro anjuman arafasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing oʻtkazildi.

14:19 30.10.2025
Braziliyada narkomafiyaga qarshi reydda kamida 130 kishi halok boʻldi — mamlakat tarixidagi eng qonli operatsiya deb baholanmoqda

Reydning asosiy maqsadi “Comando Vermelho” toʻdasining hududiy kengayishiga qarshi kurashish edi.

10:49 30.10.2025
Genderga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish boʻyicha seminar oʻtkazildi

Seminar davomida xalqaro ekspertlar genderga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirishning jahon tajribasining taqdimotini hamda amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazdi.

09:17 30.10.2025
Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi

AQSH prezidenti bu borada Janubiy Koreya hukumati bilan “juda jiddiy ishlashini” bildirdi.

16:44 29.10.2025
Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Avval xabar qilganimizdek, 30-oktyabr – 13-noyabr kunlari Samarqandda BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkaziladi. Mazkur anjuman doirasida bugun Samarqand shahrida YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyalarning 12-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

16:31 29.10.2025
Boshqaruv samaradorligi agentligi BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlik oʻrnatdi

Memorandum doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida gender tengligi, shu jumladan, ayollarning qishloq joylarda davlat boshqaruv organlarida faoliyatini kengaytirish maqsadida seminar, trening, master-klass, stajirovka dasturlari amalga oshiriladi.

20:13 27.10.2025
AQSHning eng yirik aviatashuvchi kemasi Karib dengiziga yoʻl oldi

Maʼlum boʻlishicha, ushbu kema Karib dengiziga giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish uchun yuborilmoqda.

16:15 26.10.2025
Gʻazo sektorini minalardan tozalash jarayoni 30 yilgacha choʻzilishi mumkin

Portlamagan oʻq-dorilarni toʻliq zararsizlantirishning imkoni yoʻq, chunki ularning aksariyati yer ostining chuqur qatlamlarida joylashgan.

16:16 25.10.2025
“Oʻzbekiston BMT: hamkorlik istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Sarbon universiteti hamkorligida tashkil etildi.

16:44 24.10.2025
JSST: Gʻazo sogʻliqni saqlash tizimini tiklash uchun kamida 7 milliard dollar zarur

Tashkilot bosh direktori maʼlumotiga koʻra, 15 ming bemor anklavdan tashqarida davolanishga muhtoj.

15:11 24.10.2025

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер