Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi

19:55 18 Mart 2025 Hujjatlar
2314 0

Oʻzbekiston prezidenti imzolagan “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror bilan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar hukumatlari oʻrtasida raqamli iqtisodiyot boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.

Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?