Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatida taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda kooperatsiyasi sharoitida dual taʼlim tizimini joriy etish masalalariga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda iqtisodiyot fanlari doktorlari, professorlar, iqtisodiy fanlar boʻyicha falsafa doktorlari (PhD), mustaqil izlanuvchilar, shuningdek, sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.
Davra suhbatida taʼkidlanganidek, dunyoning rivojlangan davlatlarida dual taʼlim tizimiga ustuvor ahamiyat qaratilib, mazkur usul mehnat bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda samarali mexanizm sifatida eʼtirof etilmoqda. Shuningdek, jamiyatimizda ham bilimli, malakali va xushmuomalali mutaxassislarga boʻlgan talab ortib borayotgani qayd etildi.
Muhokamalar davomida taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda kooperatsiyasi sharoitida dual taʼlim tizimini joriy etishdagi mavjud muammolar, ularning yechimlari atroflicha tahlil qilindi.
Qatnashchilarning taʼkidlashicha, dual taʼlim — bu oʻquvchi yoki talabaning nazariy bilimlarni bir vaqtning oʻzida korxona yoki tashkilotlarda amaliyot bilan uygʻun holda qoʻllashi, shu orqali kasbiy malakasini oshirishi demakdir. Bunday tizim sharoitida talaba nafaqat taʼlim oladi, balki jamoada ishlash, amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish imkoniga ham ega boʻladi. Bu jarayonni chet tilini oʻsha til muhitida yashash orqali oʻrganishga qiyoslash mumkin. Doimiy jonli muloqot va nazariy bilimning uygʻunligi yuqori natija berishi shubhasiz.
Olimlar fikriga koʻra, ham oʻqish jarayonida, ham amaliyotda talabchan va zukko ustoz qoʻlida tahsil olgan yosh mutaxassis kelgusida oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishadi. Shu bois bugun mamlakatimizda davlat rahbari tashabbusi bilan dual taʼlimni yanada rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, soxtalikka yoʻl qoʻymasdan, natijadorlikka erishishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mazkur davra suhbatidan koʻzlangan asosiy maqsad ham dual taʼlim sohasidagi muammolarni chuqur tahlil qilish, ushbu taʼlim usulini ilmiy jihatdan yanada takomillashtirishdan iborat.
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring