Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifidan fotoreportaj
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini, birinchi navbatda, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy hamda gumanitar sohalarda yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqdilar.
Shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan ham uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va qardosh xalqini mamlakat betarafligi eʼlon qilinganining 30-yilligi, ushbu muhim sanaga bagʻishlangan xalqaro forum yuqori saviyada tashkil etilgani hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilingani bilan samimiy tabrikladi.
Bugun, 12-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahridagi Betaraflik monumenti poyiga gul qoʻyish marosimida ishtirok etdi.

Turkmanistonning insonparvarlik gʻoyalari, tinchlik, bunyodkorlik va ezgulik tamoyillariga sodiqligini ifodalovchi Betaraflik va “Betaraflikning 30-yilligi” yodgorliklarini oʻz ichiga olgan majmua hamda unga tutash landshaftli bogʻ Turkmaniston doimiy betarafligining 30-yilligi va “Xalqaro tinchlik va ishonch yili”ni nishonlashga tayyorgarlik doirasida qayta qurildi va tantanali ravishda ochildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni Ashxobod shahrida Turkmaniston doimiy betarafligining 30-yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi.

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida oʻtgan tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon hamda boshqa davlatlar yetakchilari, hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ham qatnashdi.
Oʻzbekiston Prezidenti oʻz nutqida Turkmanistonni doimiy betaraflikning 30-yilligi bilan samimiy tabriklab, ushbu qutlugʻ sana Turkmanistonning dunyoning barcha mamlakatlari bilan tinch, ishonchli, doʻstona va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doimo sodiq boʻlib kelayotganini oʻzida mujassam etishini qayd etdi.





























Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring