Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
5-dekabr kuni Germaniyaning bir qator shaharlarida oʻquvchilar armiyaga chaqiruvga qarshi namoyishlar oʻtkazdi, deb xabar berdi Der Spiegel.
Namoyishlar Berlin, Drezden, Leypsig kabi yirik shaharlarda ham, kichik aholi punktlarida ham boʻlib oʻtdi. Tashkilotchilar maʼlumotiga koʻra, jami 90 ta shaharda aksiyalar oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.
Namoyishlar dars vaqtida oʻtkazildi. Ayrim hollarda oʻquvchilar bir-ikki oxirgi darslarni qoldirib, aksiyada ishtirok etgan.
Namoyishlarda asosan bir necha yuz kishi qatnashgan boʻlsa, Berlinda ishtirokchilar soni uch mingdan oshgan. Ular orasida kichik bolalarning ota-onalari va boshlangʻich sinf oʻquvchilari ham boʻlgan.
Aksiyalar 5-dekabr kuni bundestag harbiy chaqiruv boʻyicha islohotni maʼqullaganidan keyin oʻtkazildi. Islohotga koʻra, yoshlar 18 yoshga toʻlganlarida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart boʻladi.
Deutsche Welle yozishicha, harbiy xizmatga borish ixtiyoriyligicha qoladi, ammo harbiy xizmatchilar yetishmaganda hukumat armiyaga chaqiruvni qurʼa asosida amalga oshirishi mumkin. Buning uchun bundestag alohida qaror qabul qilishi kerak boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring