Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
Kecha, 6-noyabr kuni Ispaniya La Ligasining 15-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidagi bahsda “Barselona” klubi Valensiyada “Betis” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 3:5 hisobi La Liga peshqadamining gʻalabasi bilan yakunlandi. Gʻoliblar safida gollarga Ferran Torres (3 ta), Lamin Yamal va Runi Bardakji mualliflik qildi.
“Betis” jamoasining javob gollari esa Gucho Ernandes, Antoni va Diyego Lyorente hisobiga yozildi.
Ushbu gʻalaba evaziga “kataloniyaliklar” ochkolari sonini 40 taga yetkazib oldi. Jamoa ayni vaqtda La Liga jadvalida yakka peshqadam boʻlib turibdi.
“Betis” – “Barselona” 3:5
Gollar: Antoni 6, Lyorente 85, Gucho 90 – Torres 11, 13, 40, Bardakji 31, Yamal 59 (pen)
“Betis”: Valles, Ruibal, Bartra (Lyorente, 60), Natan (Firpo, 60; Rodriges, 89), Gomes, Altimira (Deossa, 46), Roka, Antoni (A. Garsiya, 75), Fornals, Abde, Gucho.
“Barselona”: Joan Garsiya, Kunde, Kubarsi, Jerar Martin (De Yong, 63), Balde (Kristensen, 46), Erik Garsiya (Torrents, 81), Bardakji (Fermin Lopes, 68), Pedri (Bernal, 63), Yamal, Torres, Reshford.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring