Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik boj tariflarini kechiktiradigan boʻldi
AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan mahsulotlarga joriy etilishi kerak boʻlgan 50 foizlik boj taʼrifini 9-iyulgacha kechiktiradigan boʻldi. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, bu qarorga Yevrokomissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyenning kelishuvlar uchun qoʻshimcha vaqt soʻrashi sabab boʻlgan. Tramp 1-iyundan boshlab boj tariflarini joriy etishni maʼlum qilgan edi, ammo muzokaralar yetarlicha tezlashmagani sababli muddatni uzaytirishga rozi boʻldi.
Yevropa Ittifoqi ushbu muddat davomida savdo munosabatlarini yaxshilash boʻyicha tezkor va samarali ishlashga hamda kelishuvga erishish uchun harakat qiladi.
Taʼkidlash joiz, bu yangilik xalqaro moliya bozoriga ham ijobiy taʼsir koʻrsatib, yevro va AQSH dollarining qadrsizlanishini kamaytirdi.
Eslatib oʻtamiz, Qoʻshma Shtatlar prezidenti Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan tovarlarga 50 foizlik boj joriy etish niyatida ekanini 23-may kuni maʼlum qilib, Yevropa Ittifoqining savdo siyosati AQSH uchun yiliga 250 milliard dollardan koʻproq savdo defitsiti olib kelganini taʼkidlagandi.
U, shuningdek, Yevropa Ittifoqini AQSH eksportiga xalaqit beradigan yuqori QQS, Amerika IT gigantlarini cheklovchi monopoliyaga qarshi jarimalar, Germaniyaning goʻyo eksport afzalliklari uchun yevroni zaiflashtirishga qaratilgan pul-kredit siyosati va hokazolar uchun tanqid qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring