“Jaloliddin Manguberdi” tezkor poyezdlarining ilk partiyasi Oʻzbekistonga joʻnatildi
Foto: Transport vazirligi
“Hyundai Rotem” “Jaloliddin Manguberdi” nomi berilgan yuqori tezlikdagi poyezdlarining ilk partiyasini Oʻzbekistonga joʻnatdi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreyaning Changvon shahridagi Masan portida Oʻzbekiston uchun ishlab chiqarilgan “Hyundai Rotem” yuqori tezlikdagi poyezdlarining birinchi partiyasini rasmiy joʻnatish marosimi boʻlib oʻtgan.
Marosimda Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya, Koreya hukumati vakillari va “Hyundai Rotem” rahbarlari ishtirok etgan.

Maʼlumot uchun, “Jaloliddin Manguberdi” nomi berilgan Oʻzbekistonning yangi yuqori tezlikdagi temir yoʻl parkining birinchi poyezdi “Hyundai Rotem” tomonidan Oʻzbekiston temir yoʻllari bilan 2024-yil iyun oyida imzolangan shartnoma doirasida ishlab chiqarilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring