BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bugun Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Oʻzbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzii xonim bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli va izchil islohotlar, ayniqsa ayollarni qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash hamda ijtimoiy sohalardagi yutuqlar muhokama qilindi.
Amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimiz Davlat bojxona qoʻmitasi gender standartlar joriy etilgani va “Kumush gender mukofoti”ga sazovor boʻlgani qayd etildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Prezident olib borayotgan siyosatning samaradorligi eʼtirof etilib, davlat xizmatchilarini tayyorlash va shaffoflikni oshirish, shuningdek, mahalliy organlarda hisobdorlikni kuchaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat yakunida hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning jamiyatda ishtirokini faollashtirish boʻyicha dasturlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring