“ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi — Prezident qarori
Illyustrativ foto
Joriy yilning 11-sentyabr kuni Prezidentning “Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 274-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, mazkur universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi. 2025/2026 oʻquv yilidan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan 1-yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.
2026/2027 oʻquv yilidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim jarayoni yoʻlga qoʻyiladi. 2027/2028 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlari joriy etiladi.
Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi. 2029/2030 oʻquv yiligacha oʻqishga qabul qilingan talabalar toʻliq davlat granti asosida oʻqitiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring