Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Prezidentimiz raisligida joriy yil fevral oyida yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, unda yoshlarga sifatli ta’lim berish, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, bir qator muhim vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash, universitet talabalari va universitetni tamomlayotgan yosh mutaxassislar bilan korxona, tashkilot vakillarining jonli muloqotini tashkil etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish va talabalarning bandligini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu yarmarkada universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank hamda 300 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar (tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, xususiy sektor tashkilotlari, uyushmalar) va talabalar ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, 2023-2024 o‘quv yilida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan bitiruvchilarning 96,5 foizining bandligi ta’minlagan. Joriy o‘quv yilida institutni 10 000 ga yaqin bitiruvchilar tamomlaydi. Mazkur bitiruvchilarni ish o‘rinlariga taqsimoti to‘liq amalga oshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 3-kurs talabalarini ish o‘rinlariga taqsimlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Tadbirda ish beruvchi korxona va tashkilotlar mas’ul xodimlari o‘z faoliyatini yorituvchi ko‘rgazmali jihozlar va bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan qatnashdi va talabalar bilan ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazdi. Mazkur tanlovlarda muvaffaqiyatli o‘tgan 215 nafar talabaga Tashkilotlarning ishga qabul qilinganligi to‘g‘risida sertifikatlari taqdim etildi.
Bundan tashqari, tanlovlarning birinchi bosqichida ishtirok etgan 5 ming nafar talabaning ma’lumotnomalari ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari tomonidan o‘rganish uchun olinib, natijalari to‘g‘risida ma’lumot berishi ta’kidlandi. Mazkur tadbirda talabalar va universitet bitiruvchilari ishga joylashish borasida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishdi, xususan, ish beruvchi korxona yoki tashkilotdagi mavjud vakant o‘rinlar, u yerdagi mehnat va maishiy-madaniy shart-sharoitlar, ish haqi miqdorlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati ega bo‘lishdi.
O‘z navbatida, tadbirda qatnashgan korxona va tashkilotlar ham talabalar bilan bevosita suhbat o‘tkazish, o‘zlariga zarur bo‘lgan kadrlarni ishga tanlab olish va o‘zaro manfaatli shartnomalar va kelishuvlar rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan “Karera kuni” mehnat yarmarkasida ishtirok etgan talabalar qiziqarli takliflar olishdi. Muhimi, ushbu tadbir talabalarning kelajakdagi kasbiy o‘sishida navbatdagi omadli qadam bo‘lib qoladi.
“Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring