Surxondaryoning 3 tumani mamlakatimizda gʻallani birinchi boʻlib belgilangan rejada bajardi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Joriy yil hosili uchun Muzrabotda 10 ming 700, Bandixonda 4 ming 688 va Termiz tumanida 2 ming 900 gektar maydonda mahalliy iqlim va tuproq sharoitiga mos, ertapishar va serhosil navli don ekildi. Ekinlar betinim mehnat va zamonaviy texnologiyalar asosida parvarish qilinishi samarasida kutilgan hosil yetishtirildi.
Hosilni qisqa fursatlarda yigʻishtirib olish ishlari oqilona tashkil etilgani natijasida Muzrabot, Bandixon hamda Termiz tuman mirishkorlari shartnoma rejasini mamlakatda birinchi boʻlib ortigʻi bilan bajardi.

Oʻrib olingan maydonlarda oʻrtacha hosildorlik 80-90 sentnerni tashkil etmoqda. Ilgʻor fermer xoʻjaliklari tomonidan bir gektar gʻalla maydonidan hatto 100 sentnergacha hosil olinishiga erishildi.
2024-yil mavsumida Surxondaryo viloyatida 89 ming 325 gektar maydonda boshoqli don yetishtirilgan boʻlib, moʻl gʻalla hosili jami 282 ta kombayn yordamida oʻz vaqtida yigʻishtirib olinmoqda
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring