Surxondaryoda murojaatchidan pul undirgan bank xodimi ushlandi

12:42 05 Dekabr 2025 Jamiyat
139 0

Foto: DXX

Surxondaryo viloyatida pora olishga uringan bank xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Shoʻrchi tumanida yashovchi fuqaro “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimiga 17 mlrd soʻm kredit mablagʻi olish boʻyicha murojaat qilgan.

Bank xodimi esa fuqaroning kredit olish uchun garov mulki sifatida qoʻyishi kerak boʻlgan bino “Elektron baholash” tizimining xulosasiga koʻra yetarli qiymatga ega emasligini aytib, ushbu masalani hal qilib berishi uchun firibgarlik yoʻli bilan pul talab qilgan.

Mazkur shaxs murojaatchidan noqonuniy ravishda 2 ming dollar va 1,3 mln soʻm pul mablagʻini olgan vaqtida DXXning Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?