Makron Ukrainada qish mavsumida energetika infratuzilmasiga zarbalarni vaqtincha toʻxtatish boʻyicha moratoriy taklif qildi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yaqinlashib kelayotgan qish mavsumida Ukraina energetika infratuzilmasiga hujumlarni moratoriy asosida toʻxtatishni taklif etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
— Biz imkon qadar tez fursatda hech boʻlmaganda infratuzilmaga qaratilgan zarbalar boʻyicha moratoriy koʻrinishidagi oʻt ochishni toʻxtatishga erishish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirishimiz kerak, — dedi Makron Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin bilan muzokaralardan soʻng.
Makronning aytishicha, Xitoy ushbu chaqiriqqa qoʻshilib, Yevropa bilan birgalikda barqarorlik va xalqaro huquqni saqlashga xizmat qilishi mumkin.
Fransiya rahbari Ukrainadagi urush Yevropa xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotganini taʼkidladi.
Makron, shuningdek, Pekinni oʻz taʼsiridan foydalanib, BMT Nizomiga muvofiq mustahkam tinchlikka erishishga koʻmaklashishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring