Shavkat Mirziyoyev aʼzo davlatlarning aksariyati dengizga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatiga ega emasligini taʼkidladi
Oʻzaro transport-kommunikatsiya bogʻliqligini kuchaytirish haqida soʻz yuritar ekan, Prezidentimiz aʼzo davlatlarning aksariyati dengizga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatiga ega emasligini taʼkidladi.
Shu bilan birga, Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa mintaqalarining yirik bozorlari bilan bogʻlaydigan va bizning hududlarimiz orqali oʻtadigan transkontinental transport yoʻlaklari salohiyatidan toʻliq foydalanishimiz zarur.
"Kelgusida “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” va Transafgʻon multimodal yoʻllarining ishga tushirilishi barcha aʼzo davlatlar manfaatlariga mos keladi.
Toshkentda 2-noyabrda boʻlib oʻtgan transport vazirlarining yigʻilishida “Oʻzbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” transport yoʻlagini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan hujjatga boshqa aʼzolarni ham qoʻshilishga, oʻzaro tarif va yigʻimlarni maqbullashtirishga chaqiraman", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yuk tashish hujjatlarini raqamlashtirish kabi zamonaviy tizimlarni keng joriy qilish hamda samarali muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida Tashkilotning Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish tashabbusini bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring