Samarqandda qariyb 50 kishini chet davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Illyustrativ foto
Samarqand viloyatida 47 kishini chet davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro V.I. fuqarolar E.X. va B.B.ning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 4 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, tadbir davomida 1,2 mln soʻm va 700 AQSH dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro V.I. 47 nafar fuqaroni yuqoridagi kabi aldab, chet davlatlarga ishga yuborishi evaziga jami 37 160 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.D. fuqaro A.F.ning ishonchiga kirib, uni Koreya davlatiga yashash va ishlash uchun joʻnatishi hamda viza hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga firibgarlik yoʻli bilan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring