Pokistonda zilzila vaqtida 200 dan ortiq mahbus qamoqdan qochib ketdi

Illyustrativ foto
Pokistonning janubida joylashgan Karachi shahrida favqulodda holat yuz berdi. 2-iyun kuni 200 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda Reuters xabar qildi.
Shu kuni yer silkinishlari sababli Malir qamoqxonasida mahbuslarga kameralarini tark etishga ruxsat berilgan. Shu sababli, 6000 dan ortiq odam saqlanadigan qamoqxonada muammolar kelib chiqqan. Tartibsizliklardan foydalangan mahbuslar qochib ketishga muvaffaq boʻlishgan.
Qochib ketgan 216 nafar mahkumlarning 80 ga yaqini allaqachon qoʻlga olingan. Afsuski, operatsiya paytida bir kishi halok boʻlgan, yana uch nafar xavfsizlik xodimi turli darajadagi jarohatlar olgan. Hozirda qidirish ishlari davom ettirilmoqda.
Barcha qochqinlarning shaxsi aniqlangan boʻlib, ularning qarindoshlari yashaydigan joylar va ularga tutash hududlarda reydlar oʻtkazilmoqda.
Sind viloyati ichki ishlar rahbari Ziyo ul-Hasan Lanjar bu mamlakatdagi qamoqxonalardan soʻnggi yillardagi eng yirik qochish ekanini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring