Oʻzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qancha?
2024-yil 1-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1 903 taga yetdi. Bu koʻrsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 136 taga oshgan. Ularning 534 tasi qoʻshma korxona boʻlsa, qolgan 1 369 tasi toʻliq xorijiy korxonalar hisoblanadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yil yanvar-oktyabr oylari davomida Turkiya kapitali ishtirokida 317 ta yangi korxona tashkil etildi. Masalan, 2023-yilda bunday korxonalar soni 218 tani tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilda 288 ta, 2021-yilda esa 321 ta korxona tashkil etilgan. 2024-yildagi oʻsish turk biznesining Oʻzbekiston bozoriga qiziqishi ortganini koʻrsatmoqda.
Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekistonning turli iqtisodiy sohalarida faoliyat yuritmoqda. Ular asosan savdo, qurilish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida faoldir.
Bu korxonalar nafaqat investitsiya jalb etishda, balki yangi ish oʻrinlari yaratishda ham muhim rol oʻynamoqda. Turk kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring