Oʻzbekistonda besh yilda venchur fondlar ishtirokida 145 mln dollarlik 53 ta startap loyiha amalga oshirildi
Shavkat Mirziyoyev kichik va oʻrta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida biznesni moliyalashtirishda muqobil manba sifatida venchur fondlar ommalashayotganiga toʻxtalib oʻtdi.
Oʻzbekistonda besh yilda venchur fondlar ishtirokida 145 million dollarlik 53 ta startap loyiha amalga oshirildi.
Bu hali kamligi qayd etilib, 9 ta davlat banki 3 ta venchur kompaniya ochib, 50 million dollarlik fond shakllantirgani biznesni boshlayotgan tadbirkorlar uchun juda katta imkoniyat ekani taʼkidlandi.
“Eng muhimi, bunday loyihalar iqtisodiyotga yangi yoʻnalish, texnologiya, innovatsiya va yuqori qoʻshilgan qiymat olib kiradi. Startap orqali yaratilgan yuqori samarali innovatsion mahsulot yoki xizmatlar texnik reglament va standartlarga kiritiladi. Bu ularga davlat buyurtmasi uchun yoʻl ochadi”, dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari venchur fondlar mablagʻining bir qismini sunʼiy intellekt loyihalariga yoʻnaltirish taklifini qoʻllab-quvvatladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring