Oʻzbekiston MTJ amaldagi Jahon chempionlariga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi mumkin
Jahon chempionatiga yoʻl olgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mundial arafasida jiddiy tayyorgarlik rejalashtirmoqda. Bu jarayon doirasida jamoa dunyoning yetakchi terma jamoalari bilan bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazishi koʻzda tutilgan.
“Championat.asia” nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi 2025-yil oktyabr oyida FIFA kunlari doirasida amaldagi Jahon chempioni Argentinaga qarshi bellashadi. Bellashuv Argentina hududida tashkil etilishi kutilmoqda.
FIFA eʼlon qilgan rasmiy taqvimda mazkur oʻyin 20–28-oktyabr sanalari oraligʻida oʻtkazilishi mumkin. Bu uchrashuv oʻz navbatida terma jamoamiz uchun yuqori darajadagi raqibga qarshi bahs olib borish orqali tajriba toʻplash imkonini yaratadi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston ilgariroq ham Janubiy Amerika qitʼasining bir qator jamoalari — Venesuela, Boliviya va Urugvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etgan. Argentinaga qarshi kutilayotgan bellashuv esa bu jarayonning yanada mustahkam bosqichi sifatida qayd etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring