Toshkent – dunyo avtosportining diqqat markazida
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Toshkent shahrida dunyo avtosportidagi yilning eng muhim voqealaridan biri – Xalqaro avtosport federatsiyasi (FIA)ning yirik tadbiri boshlandi. Markaziy Osiyo tarixida birinchi bor avtosport sohasining barcha yetakchi tashkilotlari, shuningdek, karting, ralli, “Formula-1” va boshqa yoʻnalishlardagi nufuzli chempionlar va boshqaruv tizimidagi rahbarlar bir vaqtning oʻzida “FIA General Assemblies Week” tadbirlarida Oʻzbekistonda jam boʻlmoqda.
Mazkur voqelik mamlakatimizda avtosportni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam sifatida davlat rahbarining alohida eʼtibori, Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasining qoʻllab-quvvatlashi hamda FIA bilan yaqin hamkorlikda tashkil etilmoqda. Bu tashabbus yurtimizda yakkakurash sport turlari qatori avtosport infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqish, sportchilar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
FIA faoliyatida avtosport bilan cheklanib qolmasdan, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishiga ham eʼtibor qaratmoqda. Oʻzbekiston bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan global tashabbuslarning faol ishtirokchisi sifatida Bosh Assambleya doirasida yoʻl harakati xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan xalqaro yechimlarni muhokama qilishda ishtirok etmoqda. Asosiy maqsad – yoʻl-transport xavfsizligini yanada oshirish va baxtsiz hodisalarni kamaytirish.
Yana bir ahamiyatli tomoni, Bosh Assambleya davomida FIA Prezidentligi uchun saylov ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Toshkentdagi tadbir doirasida avtosport ishqibozlari va mutaxassislari uchun qator syurprizlar ham taqdim etiladi. Jumladan, Konstruktorlar kubogi sohibi – “Maklaren” jamoasining chempionlik bolidi ham koʻrgazmada namoyish etilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, yil yakunlariga bagʻishlangan “FIA Awards” doirasida “Formula-1”ning jahon chempioni Lando Norris Markaziy Osiyoda ilk bor aynan Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Tadbirga Oskar Piastri, Maks Ferstappen va sportning boshqa yulduzlari ham kelishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring