“Qodiriya GESlar kaskadi” filialida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Hozirgi kunda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar, samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekgidroenergo” AJ o‘zining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini axloqiy, vijdonan va ijtimoiy yo‘naltirilgan hamda doimiy ravishda yuqori standartlarga rioya etgan holda olib borishga intilib, bunda asosiy eʼtiborni korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan siyosat va jarayonlarni ishlab chiqish, tatbiq qilish va amalga oshirishda doimiy nazoratni o‘rnatishga qaratadi.
Jamiyat va uning tizim filial-tashkilotlari xodimlarining o‘z ish faoliyatida korrupsion huquqbuzarlik holatlariga murosasiz bo‘lishlari va ularning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymasliklari talab etiladi.
Bugun, 5-dekabr kuni Qibray tumanida joylashgan “Qodiriya GESlar kaskadi” filialida Jamiyatning “Komplayens-nazorat” va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashabbusi bilan 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda Jamiyat Ijro apparati boshqarma va bo‘lim boshliqlari, “Qodiriya GESlar kaskadi” filiali jamoasi, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy qismida maʼruzachilar tomonidan Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati haqida taqdimot; tashkilot faoliyatining ochiqligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, Jamiyatda GESlarni ekspluatatsiya qilish, kadrlar siyosati, xaridlarni muvofiqlashtirish, raqamlashtirish va AKTni joriy etish borasida to‘xtalib o‘tildi.
Xususan, “Komplayens-nazorat” va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sh. Karatayev tomonidan Jamiyat tizimida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan amaliy faoliyatga to‘xtalib o‘tildi.
Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i I. Sunatov tomonidan Jamiyat tizimida kadrlar bilan ishlash, ularni saralash va malakasini oshirish, asosiy mezonlar va talablar haqida maʼlumot berildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan Xaridlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i E. Mamatov tomonidan davlat xaridlarining asosiy prinsiplari (ochiqlik va shaffoflik, raqobat, xolislik), Jamiyat xarid tizimida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga oshirilgan va to‘liq rioya qilinadigan chora-tadbirlar, muhim jarayonlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.
Axborot xizmati bosh mutaxassisi H. Jo‘rayeva tomonidan davlat organlarida oshkoralik va ochiqlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Jamiyat faoliyatidagi amaliyot tahlil qilindi.
Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilar va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar va tushuntirishlar berildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Kaskad tarkibidagi “Qodiriya GES” (GES-3) faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
“Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring