Oʻzbekiston harbiylari Koreyada oʻtkazilgan musobaqada uchinchi marotaba mutlaq gʻolib boʻldi

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari harbiylari Janubiy Koreyada oʻtkazilgan xalqaro harbiy musobaqada ketma-ket uchinchi bor mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Musobaqada 16 ta jamoa — Janubiy Koreya, Oʻzbekiston, AQSH, Yangi Zelandiya, Kambodja hamda NATO vakillari ishtirok etdi. Harbiylar togʻoldi, oʻrmon va shahar sharoitida tashkil etilgan 12 bosqichli shartli jangovar sinovlarda oʻzaro bellashdi.
Oʻzbekiston jamoasi raqibning asosiy qoʻmondonlik punktini 21 daqiqada (rekord natija) yoʻq qildi, mudofaa boʻlimida esa bu vazifani 25 daqiqada bajarib, barcha ishtirokchilar orasida eng yuqori natijani koʻrsatdi.
Bundan tashqari, musobaqada berilgan maxsus mukofotlardan biri boʻlgan “Eng yaxshi oʻqchi” nominatsiyasi ham Oʻzbekiston delegatsiyasi vakiliga nasib etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring