“Qilsa boʻlar ekan!”. Prezident Sayxunoboddagi islohotlar samarasi haqida gapirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.
“Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoya asosida amalga oshirayotgan islohotlarimiz natijasi barcha viloyatlar qatorida Sirdaryodagi ulkan oʻzgarishlarda ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Ilgari asosan qishloq xoʻjaligiga bogʻlanib qolgan bu zaminda sanoat, servis, turizm yoʻqdan bor boʻldi, biznes muhiti yaxshilanib, ilgʻor tadbirkorlar sinfi shakllandi”, dedi davlatimiz rahbari.
Sakkiz yilda Sirdaryoga 4 milliard dollar investitsiya kiritildi. Bu davrda 187 ta yirik quvvatlar ishga tushdi, 120 ming ish oʻrni yaratildi. 50 ga yaqin yangi mahsulot chiqarish yoʻlga qoʻyilib, sanoat 4 trilliondan 25 trillion soʻmga yetdi.
Minglab savdo-servis obyektlari tashkil qilingani natijasida xizmatlar hajmi 1,5 trilliondan 12 trillion soʻmga oshdi.
Oldin dotatsiyali boʻlgan Guliston, Yangiyer shaharlari, Boyovut, Mirzaobod, Sayxunobod, Sirdaryo va Xovos tumanlari xarajatini oʻzi qoplashga oʻtdi.
Sirdaryo tumanida kelgusi yilda xitoylik hamkorlar bilan avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha 122 million dollarlik loyiha ishga tushadi.
Yaqinda Qozogʻiston bilan Sirdaryo tumanidagi Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markaziga start berildi.
Ushbu markaz hududida 300 million dollarlik 14 ta sanoat korxonasi kelasi yil 1-chorak yakunida ish boshlaydi, 2026-yilda yana 720 million dollarlik 40 ta yangi loyihalar joylashtiriladi.
Oʻtgan yili tomorqani ishga solish, kichik sanoat va servis orqali odamlarning daromadini oshirish boʻyicha yangicha ishlash tizimi Sayxunoboddan boshlangan edi.
Tumandagi 13 ming xonadonda tomorqadan samarali foydalanish hisobiga oylik daromad bir necha barobarga koʻpaydi. Mahallalardagi 1,8 ming xonadonda 5-6 sotixli, yana 622 tasida 2-3 sotixli issiqxonalar qurildi. Bir yarim yilda 700 ta yangi tadbirkor ish boshladi, 15 ming ishsiz doimiy daromadga ega boʻldi, 1,5 ming oila kambagʻallikdan chiqdi.
“Qilsa boʻlar ekan! Mana, eng “ogʻir” tumanlardan biri boʻlgan Sayxunobodda bugun hayot, odamlarning kayfiyati qanday oʻzgarganiga guvoh boʻlyapsizlar”, dedi Prezidentimiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring