Shavkat Mirziyoyev Boʻston mahallasida aholi bilan muloqot qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Guliston shahri Boʻston mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini borib koʻrdi.
Bo‘ston mahallasi joriy yil obod mahallaga aylandi. Hududdagi barcha ko‘p qavatli uylar ta’mirlandi, hudud obodonlashtirildi. Mahalla markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Prezident dastlab shu yerda mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda mamlakatning barcha hududlarida quyi bo‘g‘indagi muammolarni hal etish, mahallalarni obod qilish va aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar samarasi Sirdaryoda ham o‘z aksini topayotgani ta’kidlandi.
– Mahalla – jamiyatning yuzi. Mamlakatdagi barcha o‘zgarishlar, avvalo, shu yerda o‘z ifodasini topadi. Biz shunday tizim yaratdikki, ilgari jiddiy deb hisoblagan ko‘plab masalalarimizga yechimni aynan mahallaning o‘zida topyapmiz. Bu institutga e’tiborni yanada kuchaytirishda davom etamiz, – dedi Prezidentimiz.
Issiqlik taʼminotini yaxshilash maqsadida 18 milliard soʻm hisobiga zamonaviy qozonxona va 3,3 kilometr issiqlik tarmoqlari qurildi.
Koʻp qavatli uylarda 23 ta individual issiqlik punktlari oʻrnatilib, “yopiq” tizim tashkil etildi. Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan hududdagi 800 ta xonadonli 20 ta koʻp qavatli uyning ichki issiqlik tizimlari qayta tiklandi. 1 ta bogʻcha markazlashgan issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlandi.
Yangi qozonxona qurilishi natijasida 144 ming kilovatt-soat elektr va 627 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.
Prezidentimiz koʻp qavatli uylarda yashovchi aholi uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan bu ishlarni davom ettirish, qozonxonalarni qurish va ulardan foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash, malakali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha zarur koʻrsatmalar berdi.
Shu yerning oʻzida “yettilik” vakillari va nuroniylar bilan mahalla hamda viloyat hayotida boʻlayotgan oʻzgarishlar xususida suhbat boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatida infratuzilmani rivojlantirishga doir qarori asosida hududda 215 ta koʻp qavatli uyni qamrab olgan maxsus manzilli roʻyxat shakllantirilgan. Ushbu dastur doirasida uylarning tom va fasad qismlarini taʼmirlash, issiqlik taʼminotini yaxshilash, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring