Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning huquqlari himoyasi kuchaytirilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Qonundagi normalar oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish, qayta shu kabi tazyiqqa uchrash holatlarining oldini olish, turar joyga majburiy tartibda kiritish bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra oiladagi tazyiq va zo‘ravonlik sabab sudga ariza bilan murojaat qilinganda sud er-xotinni yarashtirish uchun muayyan muhlat beradi.
Afsuski, ushbu berilgan muhlat ichida oilaviy nizo va janjallar qayta sodir etilishi ayollarning o‘z joniga qasd qilishiga, ularga yetkazilgan tan-jarohatlari esa ularning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

Qonun bilan amaliyotga joriy etilishi kutilayotgan normalarga asosan sud ishni ko‘rishni keyinga qoldirilmay o‘z vaqtida qaror qabul qiladi, bu nizoli oilalarda muntazam zo‘ravonlik holatlari va og‘ir jinoyatlar sodir etilishining oldini oladi.
Xususan, oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra sud tomonidan yarashish uchun muhlat tayinlamaslik nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, mazkur Qonunga ko‘ra, turar joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan mulkdorning tashabbusiga ko‘ra turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni mulkdorga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkin.
Ushbu hujjatning qabul qilinishi oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyatidan jabrlangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishga, shuningdek xotin-qizlarning faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.



Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring