“Liverpul” Chempionlar ligasini g‘alaba bilan boshladi

Kecha, 17 sentyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi musobaqasida 1-tur o‘yinlari davom ettirildi. Kun doirasidan o‘rin olgan bahsda Arne Slot boshchiligidagi "Liverpul" o‘z maydonida "Atletiko Madrid" jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 2-daqiqasida Muhammad Salah hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, "Liverpul" himoyachisi Andre Robertson oradagi farqni 2 taga yetkazdi.
Birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda "Atletiko" a’zosi Markos Lyorente hisobni qisqartirdi. Ikkinchi bo‘limning 81-daqiqasida esa Markosning o‘zi hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi.
90+2 daqiqada "Liverpul" himoyachisi Virjil Van Dayk jamoasiga g‘alaba taqdim etgan golni kiritdi. Shu tariqa o‘yin 3:2 hisobida yakunlandi.
O‘yindan so‘ng, "Sofascore" portali g‘alaba golini kiritgan Van Daykning o‘yinini 9,1 ballga, misrlik hujumchi Muhammad Salahning harakatlarini esa 9,2 ballga baholadi.
Ma’lumot uchun, "Liverpul" keyingi o‘yinini 20 sentyabr kuni o‘tkazadi. O‘sha kuni Arne Slot boshchiligidagi jamoa Liverpul shahri derbisida azaliy raqibi "Everton"ni qabul qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring