Kontrafakt dori ishlab chiqaruvchisining ishlari fosh boʻldi

12:13 28 Iyul 2025 Jamiyat
131 0

Illyustrativ foto

Kontrafakt dori ishlab chiqaruvchisining ishlari fosh boʻldi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligiga Ukrainadagi “Farmak” kompaniyasiga tegishli “Edem” tovar belgisiga oʻxshash belgidan noqonuniy foydalanish holati boʻyicha murojaat kelib tushgan.

Murojaat asosida oʻtkazilgan tekshiruv davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan va savdoga chiqarilgan farmatsevtik vositalar qadoqlarida “Edem” belgisiga fonetik jihatdan oʻxshash belgidan ruxsatsiz foydalanilgani aniqlandi.

Tekshiruv natijasida aniqlangan huquqbuzarlik boʻyicha ushbu subyektga nisbatan oʻzganing tovar belgisiga oʻxshash belgidan qonunga xilof foydalanganligi va avval ham xuddi shunday huquqbuzarlik sodir etganligi sababli bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (75 million soʻm) miqdorida jarima qoʻllanildi.

Taʼkidlash joiz, tovar belgilariga oid qonunbuzarliklar BHMning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda maʼmuriy jarima, BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda moliyaviy jarima yoki BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon undirilishiga sabab boʻlishi mumkin.

“Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining «1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz», deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentda fuqarolarni xorij davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olingani toʻgʻrisida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер