Konigil qishlogʻiga rasman turizm qishlogʻi sertifikati berildi. Bu qishloqqa qanday foyda beradi?
Samarqandda press-tur qizgʻin davom etmoqda. Ayni dam ishtirokchilar Konigil turizm qishlogʻidan chiqib, Royal Hotel mehmonxonasi ochilish marosimi sari yoʻl oldi. Maʼlumot uchun, Konigil qishlogʻi Samarqand tumanidagi Choʻponota tepaligi etagida joylashgan. Samarqand qogʻozi, kulolchilik, duradgorlik va boshqa hunarmandchilik anʼanalari bugungi kunga qadar saqlanib qolgan hudud sanaladi.

Bahrom Berdiyev, kulol:
— Sanʼat rang-tasvirsiz, qalam-tasvirsiz boʻlmaydi. Ayniqsa, loydan hamma narsa yasash mumkin. Biz undan milliy qandillar yasaymiz. Akvarel, keramika bilan ishlaymiz. Amaliy sanʼat bilan oilaviy shugʻullanamiz.
Hamid Jalolov, tadbirkor:
— Asli qishlogʻimiz aholisining deyarli hammasi oilaviy hunarmand, oilaviy tadbirkor, umuman, nima soha bilan ishlamasin, oilaviy faoliyat yuritishadi. Biz oilaviy guruch tegirmonida guruch tayyorlaymiz. Tegirmon bir sutkada bir tonna guruch chiqaradi. Bitta tegirmondan 80 kilo guruch chiqadi.
Tadbir davomida Konigil qishlogʻiga rasman turizm qishlogʻi sertifikati berildi. Bu kelgusida hududda qurilish-taʼmirlash ishlarida va boshqa xil islohotlarda Turizm qoʻmitasi tomonidan imtiyozlardan foydalanishga yordam beradi.
Yulduz Oʻrmonova
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring