Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi
Foto: Arxiv surat
Joriy yilning 11-avgust kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Kengash majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisini saylash masalasi koʻrib chiqildi.
Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Xolmoʻmin Yodgorovni Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga saylash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, majlisda oʻtgan besh yil davomida Sudyalar oliy kengashi tomonidan mamlakatimizda sud hokimiyatining nufuzi va samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, ushbu islohotlar tizim faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga, odamlarning odil sudlovga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Senatorlar muhokama etilgan masala yuzasidan oʻz taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring