Hindistonda sel va koʻchkilardan halok boʻlganlar soni 300 nafardan oshdi
Hindistonning Ximachal-Pradesh shtatida ikki oy davomida kuchli yomgʻirlar oqibatida yuz bergan sel va koʻchkilar 300 dan ortiq odamning umriga zomin boʻldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, halok boʻlganlarning 155 nafari sel, koʻchki, toshqin va kuchli yomgʻirlar bilan bogʻliq holatlarda qurbon boʻlgan. Qolgan holatlarda esa yoʻl-transport hodisalari sabab boʻlgan.
Musson yomgʻirlari infratuzilmaga katta zarar yetkazgan va asosiy xizmatlar faoliyatini izdan chiqargani qayd etilmoqda. Yomgʻirlar tiklash ishlariga ham toʻsqinlik qilmoqda.
Hozirda hokimiyat organlari mahalliy va davlat resurslarini jalb etgan holda vayronalarni tozalash va oqibatlarni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.
Mutasaddilar aholidan hushyor boʻlishni va zaruratsiz sayohatlarga chiqmaslikni soʻramoqda, chunki ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomgʻirlar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring