Haftaning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

17:44 01 Dekabr 2025 Jamiyat
299 0

Foto: Sardorbek Poyonov / “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston hududiga haftaning ikkinchi yarmida nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1-3-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va 3-dekabrga kelib kunduzi havo 12-13 daraja iliqqacha isiydi.

4-5-dekabr kunlari respublika hududiga nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda. Shimoliy hududlardan tashqari, respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Havo harorati 6-11 daraja iliqqacha pasayadi.

1-5-dekabrda harorat kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq atrofida boʻladi. Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida 1-3-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 4-5-dekabrda vaqti-vaqti bilan jadalligi asosan biroz boʻlgan yomgʻir yogʻadi. Harorat kechalari 0-5 daraja iliq boʻladi, kunduz kunlari 1-3-dekabrda 13-15 daraja iliqqacha koʻtariladi, 4-5-dekabrda 8-11 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?