Elektr energiyasini talon-toroj qilganlar va sifatsiz benzin sotgan “zapravka” fosh boʻldi

15:42 23 Iyul 2025 Jamiyat
104 0

Buxoroda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fuqaro va Namanganda sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQSH aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, inspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Romitan tumanida fuqaro A. Z. ga qarashli dala shiyponida oʻrnatilgan elektr qurilmalarni oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 488 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa bir holatda esa Oʻzenergoinspeksiya Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida “T.N.B.” MCHJga qarashli AYOQSHda sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida jami 244,6 million soʻm miqdorida iqtisodiy sanksiya qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер