Andijonda baliqchilikdan katta foyda olinmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Odatda, baliqchilik sohasida yarim intensiv usulda gektaridan 5-6 tonna hosil olish mumkin. Andijonda bu koʻrsatkich 25-30 tonnani tashkil etadi.
— Bunga suv havzasini zararli unsurlardan tozalaydigan va kislorod bilan taʼminlovchi xlorella suv oʻtlari orqali erishmoqdamiz, — deydi mutaxassis Alisher Hamroboyev. — Xlorella bir hujayrali suv oʻti boʻlib, kislorod miqdorini oshirish xususiyatiga ega. Yer tanqis, suv taqchil hududlarda undan foydalanish yaxshi samara beradi. Andijonda u orqali toʻrt barobar kam mehnat qilib, besh barobar koʻp hosil olishga erishilmoqda. Hozirda viloyatda ushbu suv oʻtini yaratish va koʻpaytirishga ixtisoslashgan maxsus laboratoriya faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Viloyatda baliqchilik sohasida hosildorlikni oshirish maqsadida soʻnggi yetti yil davomida xlorella suv oʻtidan unumli foydalanish tajribalari amalga oshirildi. Ikki yildan buyon oʻz samarasini berib kelayotgan bu usul orqali hosildorlik 5 barobarga ortdi. Bu hali hammasi emas. Kelgusida har gektar maydondagi suv havzasidan 100 tonnagacha hosil olish ustida izlanishlar davom etmoqda. Bugungi kunda Andijon viloyatida 161 ta baliqchilik fermer xoʻjaliklari 4 ming gektardan ziyod suv havzalarida faoliyat olib borayotganligini hisobga olsak, bu istiqbolli loyiha sohada keskin burilish yasashi, shubhasiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring