Prezident qanday sinov va mashaqqatlar paydo boʻlmasin, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlash, xalqimizni rozi qilish yoʻlidan aslo ortga qaytilmasligini taʼkidladi.

“Har bir inson, har bir oilaga tinchlik va xotirjamlik, qut-baraka, baxt-saodat hamisha yor boʻlsin! Yashasin Oʻzbekiston davlati! Yashasin Oʻzbekiston xalqi!”, – dedi Prezidentimiz nutqining yakunida.

20:15 29.08.2025
Nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari bilan yaqin hamkorlik doimiy eʼtibor markazida boʻlishi taʼkidlandi

“Tantanamizda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elchilariga, xalqaro tashkilotlar vakillariga samarali hamkorlik uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman”, – dedi Prezident.

20:11 29.08.2025
Biz Falastin xalqi BMT rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, yaʼni oʻzining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qatʼiy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz — Shavkat Mirziyoyev

Insonparvarlik anʼanalarimizga sodiq qolib, Oʻzbekistonga olib kelingan Falastin fuqarolariga mehmonlarimiz sifatida zarur ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus farmon qabul qilindi.

20:05 29.08.2025
Oxirgi uch yilda 3 mingdan ziyod yurtdoshimiz afv etildi

«Bunday tarixiy qadamlar vaqtinchalik kampaniya emas, balki davlat siyosati darajasidagi uzluksiz jarayondir« — dedi Prezident.

19:50 29.08.2025
Shu yilning oʻzida Oʻzbekiston yoshlari nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi

“Biz Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari oʻrtasida kimyodan ikkinchi, matematika va iqtisodiyotda uchinchi, AT va geografiya boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallagan oʻgʻil-qizlarimiz timsolida boʻlgʻusi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolarni koʻramiz”, – dedi Prezident.

19:43 29.08.2025
Bugungi yoshlarimizning ovozi, gʻoya va tashabbuslari, kuch-gʻayrati barcha soha va tarmoqlarga chuqur kirib bormoqda — Shavkat Mirziyoyev

Ushbu bayram arafasida 19 va 22 yoshli bokschilarimiz Osiyo chempioni degan yuksak unvonga sazovor boʻlib, oʻzbek boks maktabining shuhratini dunyoga yana bir bor namoyon etdi.

19:38 29.08.2025
Aholining oʻrtacha umr koʻrish darajasi 73,8 yoshdan 75,1 yoshga uzaydi

Soʻnggi yillarda tibbiyot uchun mablagʻlar 6 karra oshirildi, sifatli tibbiy xizmatlar mahallagacha tushirilgani taʼkidlandi.

19:32 29.08.2025
Hozirgi vaqtda dunyodagi top oliygohlarda 2 mingdan ziyod oʻzbekistonlik talabalar tahsil olmoqda

Sifatli taʼlim-tarbiya, aholi salomatligi kelgusi taraqqiyotimizni hal qiladigan eng muhim masala ekani taʼkidlandi.

19:28 29.08.2025
Xalqimiz uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi islohotlarimiz bir daqiqa ham toʻxtamaydi — Shavkat Mirziyoyev

Yurtimizda ijtimoiy himoya siyosatining butunlay yangi modeli yaratilgani taʼkidlandi.

19:22 29.08.2025
Shu yilning oʻzida “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarda yana 130 ming xonadonli zamonaviy uy-joylar qurilib, aholiga topshiriladi — Shavkat Mirziyoyev

“Tabiatga mehrli munosabat orqali kelajak avlodlarga unumdor yer, zilol suv, musaffo havoga ega boʻlgan goʻzal Vatanni meros qilib qoldirishni muqaddas burchimiz, deb bilamiz. Shu maqsadda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarimizni yanada kengaytiramiz”, — dedi Prezident.

19:17 29.08.2025
Yana bir maqsadimiz – halol ishlagan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga imkoniyatlarni koʻpaytirishdan iborat — Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston dunyoga keng ochilganidan soʻng xorijiy sayyohlar soni oʻtgan yili 10 million kishidan, turizm xizmatlari eksporti esa 3 milliard dollardan oshdi.

19:06 29.08.2025
Shavkat Mirziyoyev koʻp millatli Oʻzbekiston xalqini Istiqlol bayrami bilan tabrikladi

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

18:54 29.08.2025
30-avgust kuni ob-havo nisbatan salqin boʻladi

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

18:46 29.08.2025
Oʻynaganlar boʻladi xush, Xorazmning lazgisiga

Oʻzbek milliy raqs sanʼatida Xorazm yoʻnalishi oʻzining betakror jozibasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, ilohiy moʻjiza sifatida eʼtirof etiladigan, jonbaxsh “Lazgi” kuyi chalinganda keksa-yu yosh barcha beixtiyor raqsga tushib ketadi. Keyingi yillarda milliy raqs sanʼatimizni rivojlantirish borasida bir qator tashabbuslar roʻyobga...

18:23 29.08.2025
Endi shifo istab xorijga borish shart emas

Bugungi kunda koʻplab kasalliklarga davo topish uchun viloyat markaziga, poytaxtga yoki xorijga borish shart emas. Albatta, bularning hammasi soʻnggi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar samarasidir, — deydi Shirin shahar tibbiyot birlashmasi xirurgiya boʻlimi xirurg-shifokori Abdulaziz Mustafoqulov

18:10 29.08.2025
Oilalarga yelkadosh boʻlib

Bugungi kunda mamlakatimizda mahalla institutini mustahkamlash, aholiga qulay va samarali shart-sharoit yaratish maqsadida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

18:04 29.08.2025
“Bentu? Xayrli boʻlsin”. Temur Kapadze terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanishiga munosabat bildirdi

“CAFA National Cup” turniri oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

17:58 29.08.2025
“Menga najot farishtasidek qarashadi”

Oʻzbekiston aholisining salomatligini taʼminlash va fuqarolarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining 50 foizini oilaviy poliklinikalar hamda qishloq vrachlik punktlari tashkil etadi.

17:58 29.08.2025
Bogʻdodni Bogʻi Eramga aylantirgan ayol

Bugun jamiyatimizda xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan ehtirom va eʼtibor barcha ayollar kabi men ham yanada gʻayrat bilan ishlashga, yangi gʻoyalarni tatbiq etishga undamoqda, — deydi Bagʻdod tumanidagi “Bogʻi eram Bagʻdod” fermer xoʻjaligi rahbari.

17:54 29.08.2025

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер