Hozirgi murakkab vaziyatni hisobga olib, mustaqilligimizni, yurtimizdagi tinchlik, millatlar va dinlar oʻrtasida hamjihatlikni mustahkamlash uchun kelgusida ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz — Shavkat Mirziyoyev

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonning tashqi siyosat borasidagi pozitsiyasini yana bir bor taʼkidladi.
“Hozirgi murakkab vaziyatni hisobga olib, mustaqilligimizni, yurtimizdagi tinchlik, millatlar va dinlar oʻrtasida hamjihatlikni mustahkamlash uchun kelgusida ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”, — dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonning tashqi siyosat borasidagi pozitsiyasini yana bir bor taʼkidladi.
Eng avvalo, Markaziy Osiyo davlatlari bilan koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va oʻzaro ishonch ruhidagi aloqalarimiz sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqiladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlari bilan anʼanaviy keng qamrovli va strategik sheriklik aloqalari yanada kengaytiriladi.
AQSH, Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik rivojlantiriladi, keng koʻlamli sheriklik va amaliy aloqalar mustahkamlanadi.
Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq, Afrika mintaqasidagi mamlakatlar bilan yangi va istiqbolli yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun transport-logistika yoʻlaklarini yaratishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring