Yana bir maqsadimiz – halol ishlagan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga imkoniyatlarni koʻpaytirishdan iborat — Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston dunyoga keng ochilganidan soʻng xorijiy sayyohlar soni oʻtgan yili 10 million kishidan, turizm xizmatlari eksporti esa 3 milliard dollardan oshdi.
Tariximiz, milliy oʻzligimizni tiklash maqsadida bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohi kabi ulkan va noyob majmualarda qurilish va obodonlashtirish ishlari yakuniga yetmoqda.
“Ishonchim komil, xalqimizning maʼnaviy salohiyatiga har tomonlama munosib boʻlgan bunday betakror obidalar aholimiz va jahon jamoatchiligi uchun yangi va jozibador maskanlarga aylanadi.
Bu majmualar tadbirkorlarimizga sayyohlarni yanada koʻproq jalb qilishda qoʻshimcha imkoniyatlar eshigini ochadi.
Yana bir maqsadimiz – halol ishlagan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga imkoniyatlarni koʻpaytirishdan iborat.
Shu sababli “Halol mehnat – xotirjam hayot va farovon jamiyat garovi” degan shior asosida “yashirin” iqtisodiyotni jilovlash boʻyicha muhim chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz”, – dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring