Endi shifo istab xorijga borish shart emas

Otam 2014-yilda yurak xastaligi bilan olamdan oʻtgan edi. Oʻshanda tibbiyot oliy oʻquv yurtida oʻqirdim. Otamning dardiga xorijda davo borligini bilardim. Ammo oʻsha uzoq-uzoqlardagi shifoxonalarga borish-kelish, tibbiy xizmat haqqi uchun ancha-muncha pul kerak boʻlar, bunday katta xarajatga hammaning ham qurbi yetmas edi. Endilikda koʻpchilikni qiynagan bu muammo tarixda qoldi.
Shukrki, bugun yurtimiz shifokorlari faqat padari buzrukvorimni bu dunyodan olib ketgan kasallik emas, boshqa oʻnlab tashxislar boʻyicha ham murakkab texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirib yuzlab, minglab bemorlarga shifo baxsh etmoqda. Xususan Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, viloyat boʻyicha yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari 2023-yilda 2 300 tani tashkil etgan boʻlsa, 2024-yilda ularning soni yana 500 taga ortib, 2 800 taga yetgan.
Eʼtiborlisi, bunday jarrohlik amaliyotlari chekka hududlardagi tibbiyot muassasalarida ham bajarilmoqda. Xususan kamina faoliyat yuritayotgan Shirin shahar tibbiyot birlashmasida 10 dan ortiq turdagi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotir. Tibbiyot birlashmamiz jarrohlarining bari mahalliy mutaxassislar, yaʼni Shirin shahrida tugʻilib voyaga yetgan yosh shifokorlar hisoblanadi.
Yana bir eʼtiborli jihat shuki, shifoxonamizda faqat Shirin shahridan emas boshqa hududlardan va hatto qoʻshni davlatlardan kelgan bemorlarni ham yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari orqali davolayapmiz. Bugungi kunda koʻplab kasalliklarga davo topish uchun viloyat markaziga, poytaxtga yoki xorijga borish shart emas. Albatta, bularning hammasi soʻnggi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar samarasidir.
Abdulaziz MUSTAFOQULOV,
Shirin shahar tibbiyot birlashmasi
xirurgiya boʻlimi xirurg-shifokori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring