Oilalarga yelkadosh boʻlib

18:04 29 Avgust 2025 Jamiyat
84 0

Bugungi kunda mamlakatimizda mahalla institutini mustahkamlash, aholiga qulay va samarali shart-sharoit yaratish maqsadida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ezgu ishlar samarasi oʻlaroq, Andijon tumanidagi “Orol” mahallasi ham farovon turmushga yuz tutmoqda. Mahalla faollari, nuroniylar, qalbida olov yonib turgan yoshlar bilan birgalikda hududimizni eng namunali manzillardan biriga aylantirishga harakat qilyapmiz. Oqshomda zulmatga aylangan mahallamiz koʻchalari charogʻon, yoʻllarimiz ravon boʻldi. Mahalla tinch, oilalar baxtiyor, hayotimiz farovon boʻlsa, bayramlar ham yarashadi. Mustaqillikning oʻttiz toʻrt yil shodiyonasini nishonlayotgan xonadonlarda ana shu xotirjam va ahillik bor.

Ayni paytda mahallamizda salkam uch ming nafar aholi istiqomat qilmoqda. Chekka hududda boʻlganimiz bois ishsizlik masalasi biroz qiynab kelayotgandi. Shu bois tomorqamizdan unumli foydalanishga kirishdik. Natijada shu yilning oʻzida 97 nafar qoʻshnilarimiz oʻzini-oʻzi band qilish orqali kambagʻallik safidan chiqarildi. 65 nafar aholi doimiy ish joyiga ega boʻldi. Yangidan qurib bitkazilgan maktab mahallamiz hayotiga oʻzgacha fayz olib kirdi. Zamonaviy sinfxonalarda bolalarimiz ilm olishi, orzularini roʻyobga chiqarishi uchun barcha sharoit yaratildi.

Mehnatkash, fidoyi va samimiy mahalladoshlarimni biriktirib, shunday ezgu ishlarga chogʻlaganim uchun Prezidentimizning farmoniga asosan “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlanganim qishlogʻimiz ahli uchun haqiqiy bayram sovgʻasi boʻldi. Yurtimizning olis qishlogʻi va uning fidoyilari davlatimiz rahbarining eʼtiboriga tushganidan mamnunmiz.

Matlubaxon GʻANIYEVA,

Andijon tumanidagi “Orol”

mahallasi raisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер