Biz Falastin xalqi BMT rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, yaʼni oʻzining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qatʼiy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz — Shavkat Mirziyoyev
“Afgʻoniston mintaqaviy va global xavfsizlikning muhim omili ekanidan kelib chiqib, ushbu mamlakatning hukumati bilan konstruktiv va amaliy hamkorlik olib borish zarur, deb bilamiz. Biz Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, yaʼni oʻzining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qatʼiy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz”, – dedi Prezident.
El-yurtimiz urush va ofatlar vaqtida ogʻir vaziyatga tushib qolgan begunoh insonlarga doimo begʻaraz yordam koʻrsatib kelgan.
Insonparvarlik anʼanalarimizga sodiq qolib, Oʻzbekistonga olib kelingan Falastin fuqarolariga mehmonlarimiz sifatida zarur ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus farmon qabul qilindi.
Prezidentimiz bagʻrikeng, mehr-oqibatli xalqimiz ushbu farmonda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, ularni amalga oshirishda faol ishtirok etishiga ishonch bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring